📅 2021-yil 13-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2021-yil 13-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2021 йил 13 октябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Халқ таълими вазирлиги Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 13 октября 2021 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства высшего и среднего специального образования Министерства народного образования Государственного центра тестирования при Кабинете Министров
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 13 October 2021 · Ministry and agency documents · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест марказининг
Қарори
«Академик лицейлар, касб-ҳунар коллежлари ва умумтаълим мактаблари ўқувчиларининг умумтаълим фанлари бўйича республика олимпиадаларини ўтказиш ва халқаро фан олимпиадалари иштирокчиларини танлаш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 9 сентябрдаги 562-сон «Иқтидорли ўқувчилар ўртасида фан олимпиадаларини ўтказиш тизимини такомиллаштириш ҳамда хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактабни аниқлаш тизимини жорий этиш тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Халқ таълими вазирлиги ва Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази қарор қилади:
1. Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази, Халқ таълими вазирлиги ва Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест марказининг 2009 йил 1 майдаги 18 Қ/Қ, 20, 13/ҚҚ-сон «Академик лицейлар, касб-ҳунар коллежлари ва умумтаълим мактаблари ўқувчиларининг умумтаълим фанлари бўйича республика олимпиадаларини ўтказиш ва халқаро фан олимпиадалари иштирокчиларини танлаш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 1962, 2009 йил 2 июнь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2009 й., 23-сон, 266-модда) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазири А. ТОШКУЛОВ
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазири Ш. ШЕРМАТОВ
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест марказининг директори М. КАРИМОВ
Тошкент ш.,
2021 йил 13 октябрь,
Тошкент ш.,
2021 йил 12 октябрь,
Тошкент ш.,
2021 йил 10 октябрь,
32-2021-сон
21-mh-сон
562-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
“Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha respublika olimpiadalarini oʻtkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 1-maydagi 18 Q/Q, 20, 13/QQ-son “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha respublika olimpiadalarini oʻtkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1962, 2009-yil 2-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 266-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining direktori M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-oktabr,
Toshkent sh.,
2021-yil 12-oktabr,
Toshkent sh.,
2021-yil 10-oktabr,
32-2021-son
21-mh-son
562-son