📅 2021-yil 15-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Milliy gvardiyasi qoʻmondoni
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2021-yil 15-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Milliy gvardiyasi qoʻmondoni
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2021 йил 15 октябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Миллий гвардияси қўмондони
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 15 октября 2021 г. · Документы министерств и ведомств · Командующего Национальной гвардии
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 15 October 2021 · Ministry and agency documents · Milliy gvardiyasi qoʻmondoni
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси қўмондонининг
буйруғи
Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси бўлинмаларига контракт бўйича ҳарбий хизматга номзодларни саралаш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 24 июлдаги ПФ-6269-сон «Давлат хизматлари кўрсатиш инфратузилмасини такомиллаштириш ва аҳолининг давлат хизматларидан фойдаланиш имкониятларини кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Фармонига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси қўмондонининг 2019 йил 8 декабрдаги 248-сон буйруғи (рўйхат рақами 3210, 2020 йил 13 январь) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2020 й., 10/20/3210/0049-сон) билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси бўлинмаларига контракт бўйича ҳарбий хизматга номзодларни саралаш тартиби тўғрисидаги низомнинг 17-бандида :
бешинчи хатбоши чиқариб ташлансин;
олтинчи хатбоши бешинчи хатбоши деб ҳисоблансин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси қўмондони Р. ДЖУРАЕВ
Тошкент ш.,
2021 йил 15 октябрь,
281-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210, 2020-yil 13-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2020-y., 10/20/3210/0049-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandida :
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-oktabr,
281-son