📅 2021-yil 24-noyabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2021-yil 24-noyabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2021 йил 24 ноябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 24 ноября 2021 г. · Документы министерств и ведомств · Государственного комитета промышленной безопасности
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 24 November 2021 · Ministry and agency documents · Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитасининг
Қарори
Ионлаштирувчи нурланиш манбаларини инвентаризациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги йўриқноманинг 1-бандига ўзгартириш киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 29 сентябрдаги 613-сон «Нурланиш олишнинг индивидуал дозаларини назорат қилиш ва ҳисобга олиш ягона давлат тизими тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Саноат хавфсизлиги давлат қўмитаси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ер қаърини геологик ўрганиш, саноатда, кончиликда ва коммунал-маиший секторда ишларнинг бехатар олиб борилишини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғининг 2015 йил 10 июндаги 59-сон буйруғи (рўйхат рақами 2690, 2015 йил 26 июнь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2015 й, 25-сон, 336-модда) билан тасдиқланган Ионлаштирувчи нурланиш манбаларини инвентаризациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги йўриқноманинг 1-банди иккинчи хатбошиси қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
« ионлаштирувчи нурланиш манбаи (ИНМ) — ўзидан ионлаштирувчи нурланиш чиқарувчи ёки чиқаришга қодир бўлган қурилма ва (ёки) радиоактив модда;».
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Раис Б. ГУЛЯМОВ
Тошкент ш.,
2021 йил 24 ноябрь,
03/ЮБ-12-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Qarori
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 613-son “Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 10-iyundagi 59-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2690, 2015-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y, 25-son, 336-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ ionlashtiruvchi nurlanish manbai (INM) — oʻzidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki chiqarishga qodir boʻlgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-noyabr,
03/YuB-12-son