📅 2022-yil 11-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2022-yil 11-iyul · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2022 йил 11 июль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги Молия вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 11 июля 2022 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства высшего и среднего специального образования Министерства экономического развития и сокращения бедности Министерства финансов
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 11 July 2022 · Ministry and agency documents · Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг
Қарори
«Академик лицейлар ва касб-ҳунар коллежларида таълим жараёнига тажрибали амалиётчилар, шунингдек олий таълим муассасаларининг етакчи ўқитувчилари ва профессорларини жалб этишни рағбатлантириш тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 14 мартдаги ПҚ-2829-сон « Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасалари фаолиятини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида »ги ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 31 декабрдаги 824-сон « Олий таълим муассасаларида таълим жараёнини ташкил этиш билан боғлиқ тизимни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида »ги қарорларига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги ва Молия вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази, Иқтисодиёт вазирлиги, Молия вазирлигининг 2008 йил 23 июлдаги 223-1, 04/ПҚ-34-Б, 57, 83-сон «Академик лицейлар ва касб-ҳунар коллежларида таълим жараёнига тажрибали амалиётчилар, шунингдек олий таълим муассасаларининг етакчи ўқитувчилари ва профессорларини жалб этишни рағбатлантириш тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 1849, 2008 йил 29 август) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 й., 35-36-сон, 354-модда) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор Мутахассисларни хорижда тайёрлаш ва ватандошлар билан мулоқот қилиш бўйича «Эл-юрт умиди» жамғармаси билан келишилган.
3. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилди:
Олий ва ўрта махсус таълим вазири А. ТОШКУЛОВ
Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазири Д. КУЧКАРОВ
Молия вазири Т. ИШМЕТОВ
«Эл-юрт умиди» жамғармаси директори А. БЕКМУРОДОВ
Тошкент ш.,
2022 йил 11 июль,
Тошкент ш.,
2022 йил 8 июль,
Тошкент ш.,
2022 йил 7 июль,
2022 йил 5 июль
16-2022-сон
53-сон
27-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim jarayoniga tajribali amaliyotchilar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining yetakchi oʻqituvchilari va professorlarini jalb etishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “ Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son “ Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 23-iyuldagi 223-1, 04/PQ-34-B, 57, 83-son “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim jarayoniga tajribali amaliyotchilar, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining yetakchi oʻqituvchilari va professorlarini jalb etishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1849, 2008-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 354-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishildi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. TOShKULOV
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUChKAROV
Moliya vaziri T. IShMETOV
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori A. BEKMURODOV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-iyul,
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
2022-yil 5-iyul
16-2022-son
53-son
27-son