📅 2023-yil 5-iyun · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023-yil 5-iyun · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023 йил 5 июнь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Мактабгача ва мактаб таълими вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 5 июня 2023 г. · Документы министерств и ведомств · Министр дошкольного и школьного образования
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 5 June 2023 · Ministry and agency documents · Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг
буйруғи
«Ўқувчиларни синфдан синфга ва бир умумий ўрта таълим муассасасидан бошқасига ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруққа ўзгартиришлар ва қўшимча киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 21 декабрдаги ПФ-269-сон «Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотларини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Фармони ва Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140-сон « Умумий ўрта таълим тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида »ги ҳамда 2022 йил 21 июлдаги 396-сон « Қонунчилик базасини янада тизимлаштириш чора-тадбирлари тўғрисида »ги қарорларига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси халқ таълими вазирининг 2015 йил 2 июндаги 13-мҳ-сон «Ўқувчиларни синфдан синфга ва бир умумий ўрта таълим муассасасидан бошқасига ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруғига (рўйхат рақами 2684, 2015 йил 17 июнь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2015 й., 24-сон, 319-модда) иловага мувофиқ ўзгартиришлар ва қўшимча киритилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 5 июндаги 2-мҳ-сон буйруғига ИЛОВА
«Ўқувчиларни синфдан синфга ва бир умумий ўрта таълим муассасасидан бошқасига ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги буйруққа киритилаётган ўзгартиришлар ва қўшимча
1. Қарорда :
муқаддимадаги «1998 йил 13 майдаги 203-сон «Ўзбекистон Республикасида умумий ўрта таълимни ташкил этиш тўғрисида»ги» деган сўзлар «2017 йил 15 мартдаги 140-сон «Умумий ўрта таълим тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
2. Низомда :
а) муқаддима қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«Мазкур Низом умумий ўрта таълим муассасалари (бундан буён матнда мактаб деб юритилади) ўқувчиларини синфдан синфга ва бир мактабдан бошқасига ўтказиш тартибини белгилайди.»;
б) қуйидаги мазмундаги 2 1 -банд билан тўлдирилсин:
« 2 1 . Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги умумий ўрта таълим муассасалари ўқувчиларини бир умумий ўрта таълим муассасасидан бошқасига ўтказиш бўйича давлат хизмати кўрсатиладиган ҳудудларда ўқувчиларни синфдан синфга ва бир умумий ўрта таълим муассасасидан бошқасига ўтказиш Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 1 июндаги 295-сон қарори билан тасдиқланган Болаларни давлат умумий ўрта таълим муассасаларига қабул қилиш ҳамда ўқувчиларни бир умумий ўрта таълим муассасасидан бошқасига ўтказиш бўйича давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламентига мувофиқ амалга оширилади.»;
Вазир Х. УМАРОВА
Тошкент ш.,
2023 йил 5 июнь,
2-мҳ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
buyrugʻi
“Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “ Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida ”gi hamda 2022-yil 21-iyuldagi 396-son “ Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-son “Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2684, 2015-yil 17-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 319-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 5-iyundagi 2-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qarorda :
muqaddimadagi “1998-yil 13-maydagi 203-son “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda :
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda maktab deb yuritiladi) oʻquvchilarini sinfdan sinfga va bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.”;
b) quyidagi mazmundagi 2 1 -band bilan toʻldirilsin:
“ 2 1 . Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladigan hududlarda oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.”;
Vazir X. UMAROVA
Toshkent sh.,
2023-yil 5-iyun,
2-mh-son