📅 2023-yil 26-iyun · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sogʻliqni saqlash vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023-yil 26-iyun · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sogʻliqni saqlash vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023 йил 26 июнь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Соғлиқни сақлаш вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 26 июня 2023 г. · Документы министерств и ведомств · Министр здравоохранения
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 26 June 2023 · Ministry and agency documents · Sogʻliqni saqlash vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирининг
буйруғи
РЎЙХАТИ
«Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг суд-тиббий экспертиза муассасаларида суд-тиббиёт экспертизаларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги йўриқномани тасдиқлаш ҳақида»ги буйруқ, шунингдек унга ўзгартиришларни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 21 февралдаги 73-сон «Суд экспертизаси тадқиқотларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги намунавий низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Айрим идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар иловага мувофиқ ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг 2023 йил 26 июндаги 21-сон буйруғига ИЛОВА
Ўз кучини йўқотган деб топилаётган идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар
1. Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг 2011 йил 25 июлдаги 227-сон «Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг суд-тиббий экспертиза муассасаларида суд-тиббиёт экспертизаларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги йўриқномани тасдиқлаш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2259, 2011 йил 28 август) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2011 й., 34-35-сон, 360-модда).
2. Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг 2017 йил 19 октябрдаги 114-сон «Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг суд-тиббий экспертиза муассасаларида суд-тиббиёт экспертизаларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги йўриқноманинг 1-бандига ўзгартириш киритиш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2259-1, 2017 йил 23 ноябрь) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.11.2017 й., 10/17/2259-1/0304-сон).
3. Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг 2022 йил 24 февралдаги 6-сон «Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг суд-тиббий экспертиза муассасаларида суд-тиббиёт экспертизаларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги йўриқноманинг 13-бандига ўзгартириш киритиш тўғрисида»ги буйруғи (рўйхат рақами 2259-2, 2022 йил 17 март) (Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.03.2022 й., 10/22/2259-2/0235-сон).
Вазир А. ИНОЯТОВ
Тошкент ш.,
2023 йил 26 июнь,
21-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
ROʻYXATI
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 26-iyundagi 21-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 25-iyuldagi 227-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2259, 2011-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 360-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 19-oktabrdagi 114-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2259-1, 2017-yil 23-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 10/17/2259-1/0304-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 24-fevraldagi 6-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida sud-tibbiyot ekspertizalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 13-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2259-2, 2022-yil 17-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/2259-2/0235-son).
Vazir A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-iyun,
21-son