📅 2023-yil 3-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Transport vazirligi sogʻliqni saqlash vazirligi ichki ishlar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023-yil 3-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Transport vazirligi sogʻliqni saqlash vazirligi ichki ishlar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023 йил 3 август · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Транспорт вазирлиги соғлиқни сақлаш вазирлиги ички ишлар вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 3 августа 2023 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства транспорта Министерства здравоохранения Министерства внутренних дел
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 3 August 2023 · Ministry and agency documents · Transport vazirligi sogʻliqni saqlash vazirligi ichki ishlar vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТРАНСПОРТ ВАЗИРЛИГИ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ВАЗИРЛИГИ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ИЧКИ ИШЛАР ВАЗИРЛИГИНИНГ
Қарори
Йўналишга чиқиш олдидан автотранспорт воситаларини техник кўрикдан ўтказиш ҳамда йўловчилар, багаж ва юклар ташувларини амалга оширадиган ҳайдовчиларни тиббий кўрикдан ўтказишни ташкил қилиш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 12 апрелдаги 172-сон « Йўл ҳаракати қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида »ги ҳамда 2017 йил 2 мартдаги 116-сон « Миллий ҳайдовчилик гувоҳномасининг ҳамда автомототранспорт воситаси рўйхатдан ўтказилганлиги тўғрисидаги гувоҳноманинг янги намуналарини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида »ги қарорларига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва Ички ишлар вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон автомобиль ва дарё транспорти агентлиги, Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва Ички ишлар вазирлигининг 2014 йил 17 январдаги 22, 1 ва 1-сон қарори (рўйхат рақами 2560, 2014 йил 19 февраль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 8-сон, 84-модда) билан тасдиқланган Йўналишга чиқиш олдидан автотранспорт воситаларини техник кўрикдан ўтказиш ҳамда йўловчилар, багаж ва юклар ташувларини амалга оширадиган ҳайдовчиларни тиббий кўрикдан ўтказишни ташкил қилиш тартиби тўғрисидаги низомга иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлигининг 2023 йил 3 августдаги 22-сон, Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 2023 йил 28 июлдаги 31-сон ва Ички ишлар вазирлигининг 2023 йил 31 июлдаги 35-сон қарорига ИЛОВА
Йўналишга чиқиш олдидан автотранспорт воситаларини техник кўрикдан ўтказиш ҳамда йўловчилар, багаж ва юклар ташувларини амалга оширадиган ҳайдовчиларни тиббий кўрикдан ўтказишни ташкил қилиш тартиби тўғрисидаги низомга киритилаётган ўзгартиришлар
1. 10-банднинг учинчи хатбошиси қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«ҳайдовчилик гувоҳномаси;».
2. 11-банддаги «2015 йил 24 декабрдаги 370-сон» деган сўзлар «2022 йил 12 апрелдаги 172-сон» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
Транспорт вазири И. МАХКАМОВ
Соғлиқни сақлаш вазири А. ИНОЯТОВ
Ички ишлар вазири П. БОБОЖОНОВ
Тошкент ш.,
2023 йил 3 август,
Тошкент ш.,
2023 йил 28 июль,
Тошкент ш.,
2023 йил 31 июль,
22-сон
31-сон
35-сон
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
Qarori
Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son “ Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida ”gi hamda 2017-yil 2-martdagi 116-son “ Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 17-yanvardagi 22, 1 va 1-son qarori (roʻyxat raqami 2560, 2014-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 8-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 3-avgustdagi 22-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 31-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 31-iyuldagi 35-son qaroriga ILOVA
Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“haydovchilik guvohnomasi;”.
2. 11-banddagi “2015-yil 24-dekabrdagi 370-son” degan soʻzlar “2022-yil 12-apreldagi 172-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-avgust,
Toshkent sh.,
2023-yil 28-iyul,
Toshkent sh.,
2023-yil 31-iyul,
22-son
31-son
35-son