📅 2023-yil 11-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023-yil 11-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023 йил 11 сентябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 11 сентября 2023 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства занятости и сокращения бедности Министерства здравоохранения
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 11 September 2023 · Ministry and agency documents · Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг
қарори
«Ўн саккиз ёшдан кичик шахсларнинг меҳнати қўлланиши тақиқланадиган ноқулай меҳнат шароитлари ишлари рўйхатини тасдиқлаш ҳақида»ги қарорни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 14 июлдаги 290-сон «Ўн саккиз ёшга тўлмаган шахсларнинг меҳнатидан фойдаланилиши тақиқланган оғир ишларнинг ҳамда зарарли ёки хавфли меҳнат шароитларидаги ишларнинг рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги ҳамда Соғлиқни сақлаш вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги ҳамда Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 2009 йил 26 июндаги 33Қ/Б ва 13-сон билан тасдиқланган «Ўн саккиз ёшдан кичик шахсларнинг меҳнати қўлланиши тақиқланадиган ноқулай меҳнат шароитлари ишлари рўйхатини тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 1990, 2009 йил 29 июль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2009 й., 30-31-сон, 355-модда) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор Ўзбекистон Касаба уюшмалари Федерацияси кенгаши ва Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси билан келишилган.
3. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилди:
Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири Б. МУСАЕВ
Соғлиқни сақлаш вазири А. ИНОЯТОВ
Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси раиси Д. ВАХАБОВ
Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси раиси К. РАФИКОВ
Тошкент ш.,
2023 йил 11 сентябрь,
Тошкент ш.,
2023 йил 7 сентябрь,
2023 йил 24 август
2023 йил 23 август
73/2023-к/қ-сон
35-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
qarori
“Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son “Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 26-iyundagi 33Q/B va 13-son bilan tasdiqlangan “Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishildi:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
Toshkent sh.,
2023-yil 11-sentabr,
Toshkent sh.,
2023-yil 7-sentabr,
2023-yil 24-avgust
2023-yil 23-avgust
73/2023-k/q-son
35-son