📅 2023-yil 19-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023-yil 19-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023 йил 19 октябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Адлия вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 19 октября 2023 г. · Документы министерств и ведомств · Министр юстиции
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 19 October 2023 · Ministry and agency documents · Adliya vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирИнинг
буйруғи
РЎЙХАТИ
«Товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгисини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома тузиш, топшириш ва кўриб чиқиш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида»ги буйруқ, шунингдек унга ўзгартириш ва қўшимчаларни ўз кучини йўқотган деб топиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 19 сентябрдаги 480-сон «Товар белгилари ва хизмат кўрсатиш белгиларини рўйхатдан ўтказиш бўйича давлат хизматини кўрсатишнинг маъмурий регламентини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Айрим идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар иловага мувофиқ ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2023 йил 19 октябрдаги 13-мҳ-сон буйруғига ИЛОВА
Ўз кучини йўқотган деб топилаётган идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар
1. Ўзбекистон Республикаси Давлат патент идораси директорининг 2009 йил 24 июндаги 72-сон «Товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгисини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома тузиш, топшириш ва кўриб чиқиш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида»ги буйруғи (рўйхат рақами 1988, 2009 йил 29 июл) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2009 й., 30-31-сон, 353-модда).
2. Ўзбекистон Республикаси Интеллектуал мулк агентлиги бош директорининг 2011 йил 26 августдаги 35-сон «Товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгисини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома тузиш, топшириш ва кўриб чиқиш қоидаларига ўзгартиришлар киритиш тўғрисида»ги буйруғи (рўйхат рақами 1988-1, 2011 йил 30 сентябр) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2011 й., 40-сон, 417-модда).
3. Ўзбекистон Республикаси Интеллектуал мулк агентлиги бош директорининг 2013 йил 8 августдаги 107-сон «Товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгисини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома тузиш, топшириш ва кўриб чиқиш қоидаларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги буйруғи (рўйхат рақами 1988-2, 2013 йил 12 сентябр) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 37-сон, 489-модда).
4. Ўзбекистон Республикаси Интеллектуал мулк агентлиги бош директорининг 2017 йил 6 ноябрдаги 20-сон «Товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгисини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома тузиш, топшириш ва кўриб чиқиш қоидаларининг 29-бандига қўшимча киритиш тўғрисида»ги буйруғи (рўйхат рақами 1988-3, 2017 йил 16 ноябр) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 17.11.2017 й., 10/17/1988-3/0269-сон).
5. Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2021 йил 7 октябрдаги 17-мҳ-сон «Товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгисини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома тузиш, топшириш ва кўриб чиқиш қоидаларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 1988-4, 2021 йил 8 октябр) (Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 08.10.2021 й., 10/21/1988-4/0941-сон).
6. Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2022 йил 7 мартдаги 4-мҳ-сон «Товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгисини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома тузиш, топшириш ва кўриб чиқиш қоидаларининг 35-бандига ўзгартириш киритиш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 1988-5, 2022 йил 7 март) (Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.03.2022 й., 10/22/1988-5/0192-сон).
7. Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2022 йил 11 апрелдаги 10-мҳ-сон «Товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгисини рўйхатдан ўтказиш учун талабнома тузиш, топшириш ва кўриб чиқиш қоидаларининг 4-бандига ўзгартириш киритиш ҳақида»ги буйруғи (рўйхат рақами 1988-6, 2022 йил 11 апрел) (Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.04.2022 й., 10/22/1988-6/0295-сон).
Вазир А. ТАШКУЛОВ
Тошкент ш.,
2023 йил 19 октябрь,
13-мҳ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirIning
buyrugʻi
ROʻYXATI
“Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son “Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 19-oktabrdagi 13-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 353-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 35-son “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988-1, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 417-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 8-avgustdagi 107-son “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988-2, 2013-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 37-son, 489-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 20-son “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining 29-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988-3, 2017-yil 16-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 10/17/1988-3/0269-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 7-oktabrdagi 17-mh-son “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988-4, 2021-yil 8-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 10/21/1988-4/0941-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 7-martdagi 4-mh-son “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining 35-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988-5, 2022-yil 7-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 10/22/1988-5/0192-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 11-apreldagi 10-mh-son “Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarining 4-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988-6, 2022-yil 11-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2022-y., 10/22/1988-6/0295-son).
Vazir A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-oktabr,
13-mh-son