📅 2023-yil 27-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023-yil 27-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2023 йил 27 октябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Адлия вазирлиги Рақамли технологиялар вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 27 октября 2023 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства юстиции Министерства цифровых технологий
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 27 October 2023 · Ministry and agency documents · Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Рақамли технологиялар вазирлигининг
Қарори
РЎЙХАТИ
«Давлат хизматлари ягона реестрини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарор, шунингдек унга ўзгартириш ва қўшимчаларни ўз кучини йўқотган деб топиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 12 декабрдаги ПФ-5278-сон « Аҳолига давлат хизматлари кўрсатишнинг миллий тизимини тубдан ислоҳ қилиш чора-тадбирлари тўғрисида »ги ва 2022 йил 20 апрелдаги ПФ-113-сон « Давлат хизматлари кўрсатишни соддалаштириш, бюрократик тўсиқларни қисқартириш ҳамда давлат хизматлари кўрсатиш миллий тизимини ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида »ги фармонларига асосан Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ва Рақамли технологиялар вазирлиги қарор қилади:
1. Айрим идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар иловага мувофиқ ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг 2023 йил 27 октябрдаги 3-сон ва Рақамли технологиялар вазирлигининг 2023 йил 26 октябрдаги 23/11-сон қарорига ИЛОВА
Ўз кучини йўқотган деб топилаётган идоравий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар
1. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ва Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Лойиҳа бошқаруви миллий агентлигининг 2019 йил 31 июлдаги 6, 136-сон «Давлат хизматлари ягона реестрини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарори (рўйхат рақами 3181, 2019 йил 13 сентябрь) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 19/19/3181/3738-сон).
2. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг 2020 йил 31 августдаги 2-сон ва Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг 2020 йил 26 августдаги 203-мҳ-сон «Давлат хизматлари ягона реестрига қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш тўғрисида»ги қарори (рўйхат рақами 3181-1, 2020 йил 31 август) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.08.2020 й., 10/20/3181-1/1270-сон).
3. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг 2021 йил 18 октябрдаги 2-сон ва Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг 2021 йил 8 октябрдаги 218-мҳ-сон «Давлат хизматлари ягона реестрига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги қарори (рўйхат рақами 3181-2, 2021 йил 18 октябрь) (Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.10.2021 й., 10/21/3181-2/0973-сон).
4. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг 2022 йил 27 июлдаги 4-сон ва Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг 2022 йил 27 июлдаги 230-мҳ-сон «Давлат хизматлари ягона реестрига қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш тўғрисида»ги қарори (рўйхат рақами 3181-3, 2022 йил 27 июль) (Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.07.2022 й., 10/22/3181-3/0678-сон).
Ўзбекистон Республикаси адлия вазири А. ТАШКУЛОВ
Ўзбекистон Республикаси рақамли технологиялар вазири Ш. ШЕРМАТОВ
Тошкент ш.,
2023 йил 27 октябрь,
Тошкент ш.,
2023 йил 26 октябрь,
3-сон
23/11-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining
Qarori
ROʻYXATI
“Davlat xizmatlari yagona reyestrini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son “ Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi va 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son “ Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi farmonlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 3-son va Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 26-oktabrdagi 23/11-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 31-iyuldagi 6, 136-son “Davlat xizmatlari yagona reyestrini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3181, 2019-yil 13-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 19/19/3181/3738-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020-yil 31-avgustdagi 2-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 26-avgustdagi 203-mh-son “Davlat xizmatlari yagona reyestriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3181-1, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3181-1/1270-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 18-oktabrdagi 2-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 8-oktabrdagi 218-mh-son “Davlat xizmatlari yagona reyestriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3181-2, 2021-yil 18-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 10/21/3181-2/0973-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 4-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 27-iyuldagi 230-mh-son “Davlat xizmatlari yagona reyestriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3181-3, 2022-yil 27-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 10/22/3181-3/0678-son).
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. TAShKULOV
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-oktabr,
Toshkent sh.,
2023-yil 26-oktabr,
3-son
23/11-son