📅 2024-yil 2-may · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024-yil 2-may · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Ichki ishlar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024 йил 2 май · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Ички ишлар вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 2 мая 2024 г. · Документы министерств и ведомств · Министр внутренних дел
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 2 May 2024 · Ministry and agency documents · Ichki ishlar vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг
буйруғи
Рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларини ва қатъий ҳисобдаги бланкаларни беришда, автомототранспорт воситалари, уларнинг тиркамалари (ярим тиркамалари)ни рўйхатдан ўтказишда, қайта рўйхатдан ўтказишда, мажбурий техник кўрикдан ўтказишда, шунингдек имтиҳонларни олишда ундириладиган тўловлар ставкаларига ўзгартиришлар ва қўшимча киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 31 августдаги 683-сон «Автомототранспорт воситаларини давлат рўйхатидан ўтказиш ва уларга рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларини бериш тартибини такомиллаштириш тўғрисида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазирининг 2011 йил 23 ноябрдаги 174-сон буйруғи (рўйхат рақами 2303, 2011 йил 21 декабрь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2011 й., 51-сон, 552-модда) билан тасдиқланган Рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларини ва қатъий ҳисобдаги бланкаларни беришда, автомототранспорт воситалари, уларнинг тиркамалари (ярим тиркамалари)ни рўйхатдан ўтказишда, қайта рўйхатдан ўтказишда, мажбурий техник кўрикдан ўтказишда, шунингдек имтиҳонларни олишда ундириладиган тўловлар ставкаларига иловага мувофиқ ўзгартиришлар ва қўшимча киритилсин.
2. Ушбу буйруқ Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги билан келишилган.
3. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилди:
Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазирининг 2024 йил 2 майдаги 222-сон буйруғига ИЛОВА
Рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларини ва қатъий ҳисобдаги бланкаларни беришда, автомототранспорт воситалари, уларнинг тиркамалари (ярим тиркамалари)ни рўйхатдан ўтказишда, қайта рўйхатдан ўтказишда, мажбурий техник кўрикдан ўтказишда, шунингдек имтиҳонларни олишда ундириладиган тўловлар ставкаларига киритилаётган ўзгартиришлар ва қўшимча
1. 7 ва 7 1 -бандлардан «ва қайта рўйхатдан ўтказиш» деган сўзлар чиқариб ташлансин.
2. Қуйидаги мазмундаги 7 2 -банд билан тўлдирилсин:
« 7 2 . Автотранспорт воситалари, электромобиллар, мототранспорт воситалари ва автотранспорт воситалари тиркамаларини қайта рўйхатдан ўтказиш учун — базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 фоизи миқдорида ».
Вазир П. БОБОЖОНОВ
Иқтисодиёт ва молия вазири Д. КУЧКАРОВ
Тошкент ш.,
2024 йил 2 май,
2024 йил 2 май
222-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 23-noyabrdagi 174-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2303, 2011-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 552-modda) bilan tasdiqlangan Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 2-maydagi 222-son buyrugʻiga ILOVA
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 7 va 7 1 -bandlardan “va qayta roʻyxatdan oʻtkazish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Quyidagi mazmundagi 7 2 -band bilan toʻldirilsin:
“ 7 2 . Avtotransport vositalari, elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida ”.
Vazir P. BOBOJONOV
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-may,
2024-yil 2-may
222-son