📅 2024-yil 17-may · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sogʻliqni saqlash vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024-yil 17-may · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Sogʻliqni saqlash vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024 йил 17 май · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Соғлиқни сақлаш вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 17 мая 2024 г. · Документы министерств и ведомств · Министр здравоохранения
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 17 May 2024 · Ministry and agency documents · Sogʻliqni saqlash vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг
буйруғи
Давлат рўйхатидан ўтказмасдан, мажбурий сертификатлаш шарти билан тиббиёт амалиётида қўллаш ва олиб киришга рухсат бериладиган, Ўзбекистон Республикасида давлат рўйхатидан ўтказилган аналоглари мавжуд бўлмаган дори воситалари ва тиббий буюмлар рўйхатига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 26 октябрдаги ПҚ-411-сон «Аҳолини сифатли дори воситалари ва тиббий буюмлар билан таъминлаш юзасидан қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг 2023 йил 2 июндаги 14-сон буйруғи билан тасдиқланган (рўйхат рақами 3440, 2023 йил 5 июнь) (Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.06.2023 й., 10/23/3440/0332-сон) Давлат рўйхатидан ўтказмасдан, мажбурий сертификатлаш шарти билан тиббиёт амалиётида қўллаш ва олиб киришга рухсат бериладиган, Ўзбекистон Республикасида давлат рўйхатидан ўтказилган аналоглари мавжуд бўлмаган дори воситалари ва тиббий буюмлар рўйхатига иловага мувофиқ ўзгартириш ва қўшимчалар киритилсин.
2. Мазкур буйруқ Ўзбекистон Республикаси Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш бўйича вакил ҳамда Ўзбекистон Республикаси Савдо-саноат палатаси билан келишилган.
3. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилди:
Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазирининг 2024 йил 17 майдаги 13-сон буйруғига ИЛОВА
Давлат рўйхатидан ўтказмасдан, мажбурий сертификатлаш шарти билан тиббиёт амалиётида қўллаш ва олиб киришга рухсат бериладиган, Ўзбекистон Республикасида давлат рўйхатидан ўтказилган аналоглари мавжуд бўлмаган дори воситалари ва тиббий буюмлар рўйхатига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида
1-бобда (Дори воситалари рўйхати):
йигирма тўртинчи позиция чиқариб ташлансин;
қуйидаги мазмундаги ўттизинчи — ўттиз иккинчи позициялар билан тўлдирилсин:
« 30. Амилнитрит (Amylnitrite) Ингаляция учун суюқлик 0,5 мл 31. Клоназепам (Clonazepam) Таблетка 32. Клобазам (Clobazam) Таблетка ».
Вазир А. ХУДАЯРОВ
Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси Раиси Д. ВАХАБОВ
Тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш бўйича вакил Д. КАСИМОВ
Инвестициялар ва ташқи савдо вазири Л. КУДРАТОВ
Тошкент ш.,
2024 йил 17 май,
2024 йил 13 май
2024 йил 15 май
2024 йил 14 май
13-сон
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 2-iyundagi 14-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 3440, 2023-yil 5-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/3440/0332-son) Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 17-maydagi 13-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
1-bobda (Dori vositalari roʻyxati):
yigirma toʻrtinchi pozitsiya chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻttizinchi — oʻttiz ikkinchi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“ 30. Amilnitrit (Amylnitrite) Ingalatsiya uchun suyuqlik 0,5 ml 31. Klonazepam (Clonazepam) Tabletka 32. Klobazam (Clobazam) Tabletka ”.
Vazir A. XUDAYAROV
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-may,
2024-yil 13-may
2024-yil 15-may
2024-yil 14-may
13-son