📅 2024-yil 2-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Qishloq xoʻjaligi vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024-yil 2-oktabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Qishloq xoʻjaligi vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024 йил 2 октябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Қишлоқ хўжалиги вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 2 октября 2024 г. · Документы министерств и ведомств · Министр сельского хозяйства
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 2 October 2024 · Ministry and agency documents · Qishloq xoʻjaligi vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирининг
буйруғи
Машина-трактор паркларининг ва қишлоқ хўжалик корхоналарининг машина саройлари тўғрисидаги низомни ўз кучини йўқотган деб топиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги Қонуни , Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 29 майдаги ПҚ-3751-сон «Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқарувчиларга механизация ва сервис хизматларини кўрсатиш самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида »ги ва 2020 йил 6 мартдаги ПҚ-4633-сон « Пахтачилик соҳасида бозор тамойилларини кенг жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида »ги ҳамда 2024 йил 19 апрелдаги ПҚ-164-сон «Аграр соҳада хизмат кўрсатувчи давлат иштирокидаги корхоналарни хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорларига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирининг биринчи ўринбосари томонидан тасдиқланган Машина-трактор паркларининг ва қишлоқ хўжалик корхоналарининг машина саройлари тўғрисидаги низом (рўйхат рақами 772, 1999 йил 12 июль) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Вазир И. АБДУРАҲМОНОВ
Тошкент ш.,
2024 йил 2 октябрь,
22-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Mashina-traktor parklarining va qishloq xoʻjalik korxonalarining mashina saroylari toʻgʻrisidagi nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni , Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-maydagi PQ-3751-son “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida ”gi va 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son “ Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ”gi hamda 2024-yil 19-apreldagi PQ-164-son “Agrar sohada xizmat koʻrsatuvchi davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan Mashina-traktor parklarining va qishloq xoʻjalik korxonalarining mashina saroylari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 772, 1999-yil 12-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-oktabr,
22-son