📅 2024-yil 5-noyabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Raqamli texnologiyalar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024-yil 5-noyabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Raqamli texnologiyalar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024 йил 5 ноябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Рақамли технологиялар вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 5 ноября 2024 г. · Документы министерств и ведомств · Министр цифровых технологий
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 5 November 2024 · Ministry and agency documents · Raqamli texnologiyalar vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Рақамли технологиялар вазирининг
буйруғи
«UZ» доменидаги домен номларини рўйхатдан ўтказиш ва улардан фойдаланиш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартириш киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 сентябрдаги ЎРҚ-957-сон «Маъмурий ислоҳотлар доирасида таълим соҳасида давлат бошқаруви такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги Қонунига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги бош директорининг 2008 йил 26 майдаги 155-сон буйруғи (рўйхат рақами 1830, 2008 йил 23 июнь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 й., 26-27-сон, 255-модда) билан тасдиқланган «UZ» доменидаги домен номларини рўйхатдан ўтказиш ва улардан фойдаланиш тартиби тўғрисидаги низомнинг 3-иловаси 1.2-банди иккинчи хатбошисидаги «олий ўқув юртлари» деган сўзлар «олий таълим ташкилотлари» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Вазир Ш. ШЕРМАТОВ
Тошкент ш.,
2024 йил 5 ноябрь,
274-мҳ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
“UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2008-yil 26-maydagi 155-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1830, 2008-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 255-modda) bilan tasdiqlangan “UZ” domenidagi domen nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasi 1.2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “oliy oʻquv yurtlari” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-noyabr,
274-mh-son