📅 2024-yil 8-noyabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024-yil 8-noyabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2024 йил 8 ноябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 8 ноября 2024 г. · Документы министерств и ведомств · Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 8 November 2024 · Ministry and agency documents · Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитасининг
қарори
Истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва реклама тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатлари талабларига риоя этилиши юзасидан таҳлил (ўрганиш, кўрик) ўтказиш тартиби тўғрисидаги йўриқномага ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 сентябрдаги ЎРҚ-955-сон «Ногиронлиги бўлган шахсларнинг ҳуқуқлари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш ҳақида»ги Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитасининг 2011 йил 10 февралдаги 1-сон қарори (рўйхат рақами 2196, 2011 йил 18 февраль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2011 й., 7-8-сон, 73-модда) билан тасдиқланган Истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва реклама тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатлари талабларига риоя этилиши юзасидан таҳлил (ўрганиш, кўрик) ўтказиш тартиби тўғрисидаги йўриқномага иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор Ўзбекистон Республикаси Савдо-саноат палатаси билан келишилган.
3. Ушбу қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилди:
Ўзбекистон Республикаси Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитасининг 2024 йил 8 ноябрдаги 04/26-05/01-сон қарорига ИЛОВА
Истеъмолчиларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва реклама тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатлари талабларига риоя этилиши юзасидан таҳлил (ўрганиш, кўрик) ўтказиш тартиби тўғрисидаги йўриқномага киритилаётган ўзгартиришлар
1. 1-банднинг учинчи ва бешинчи хатбошиларидаги , 4-банднинг иккинчи ва учинчи хатбошиларидаги «давлат бошқаруви органлари» деган сўзлар «республика ижро этувчи ҳокимият органлари» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
2. 6-банднинг иккинчи хатбошисидаги «давлат бошқаруви органи» деган сўзлар «республика ижро этувчи ҳокимият органи» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
Раис Ҳ. ТУРАХУЖАЕВ
Савдо-саноат палатаси раиси Д. ВАХАБОВ
Тошкент ш.,
2024 йил 8 ноябрь,
2024 йил 31 октябрь
04/26-05/01-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
qarori
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 10-fevraldagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 2196, 2011-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 8-noyabrdagi 04/26-05/01-son qaroriga ILOVA
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi , 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organi” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Rais H. TURAXUJAYEV
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-noyabr,
2024-yil 31-oktabr
04/26-05/01-son