📅 2025-yil 7-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025-yil 7-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025 йил 7 январь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 7 января 2025 г. · Документы министерств и ведомств · Узбекское агентства по техническому регулированию при Кабинете Министров Министерства здравоохранения
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 7 January 2025 · Ministry and agency documents · Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг
Қарори
«Метрология текширувидан ўтказилиши лозим бўлган тиббиёт учун мўлжалланган ўлчаш воситалари ва синаш воситаларининг рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорнинг 2-бандига ўзгартириш киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 2 июндаги ПФ-6240-сон « Техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасида давлат бошқарувини тубдан такомиллаштириш тўғрисида »ги ҳамда 2024 йил 27 февралдаги ПФ-41-сон « Техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги давлат бошқарувини янада такомиллаштиришга доир чора-тадбирлар тўғрисида »ги фармонларига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги ва Соғлиқни сақлаш вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш агентлиги ва Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 2017 йил 31 июлдаги К-2, 102-сон «Метрология текширувидан ўтказилиши лозим бўлган тиббиёт учун мўлжалланган ўлчаш воситалари ва синаш воситаларининг рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорининг (рўйхат рақами 2916, 2017 йил 22 август) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 34-сон, 906-модда) 2-бандидаги «Ўзстандарт» деган сўз «Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги директори А. ЖУМАНАЗАРОВ
Соғлиқни сақлаш вазири А. ХУДАЯРОВ
Тошкент ш.,
2025 йил 7 январь,
Тошкент ш.,
2024 йил 27 декабрь,
К-3-сон
20-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
“Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “ Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida ”gi hamda 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-son “ Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida ”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 31-iyuldagi K-2, 102-son “Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2916, 2017-yil 22-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 34-son, 906-modda) 2-bandidagi “Oʻzstandart” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-yanvar,
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
K-3-son
20-son