📅 2025-yil 26-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025-yil 26-fevral · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Adliya vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025 йил 26 февраль · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Адлия вазирлиги Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 26 февраля 2025 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства юстиции Министерства высшего образования, науки и инноваций
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 26 February 2025 · Ministry and agency documents · Adliya vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг
Қарори
«Тошкент давлат юридик университети қошидаги академик лицейга ўқишга қабул қилиш учун тест синовларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарорни ўз кучини йўқотган деб топиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 5 июндаги 320-сон «Ўқувчиларни академик лицейларга қабул қилиш, уларнинг ўқишини кўчириш,қайта тиклаш ва ўқишдан четлатиш тартибини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ва Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест марказининг 2022 йил 27 январдаги 1 ва 01/ҚҚ-сон «Тошкент давлат юридик университети қошидаги академик лицейга ўқишга қабул қилиш учун тест синовларини ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (рўйхат рақами 3346, 2022 йил 27 январь) (Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.01.2022 й., 10/22/3346/0076-сон) ўз кучини йўқотган деб топилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Адлия вазири А. ТАШКУЛОВ
Олий таълим, фан ва инновациялар вазири К. ШАРИПОВ
Тошкент ш.,
2025 йил 26 февраль,
Тошкент ш.,
2025 йил 25 февраль,
1-сон
5-қ/қ-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Qarori
“Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-son “Oʻquvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish,qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2022-yil 27-yanvardagi 1 va 01/QQ-son “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3346, 2022-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3346/0076-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri A. TASHKULOV
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-fevral,
Toshkent sh.,
2025-yil 25-fevral,
1-son
5-q/q-son