📅 2025-yil 28-fevral · Markaziy bank hujjatlari
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025-yil 28-fevral · Markaziy bank hujjatlari
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025 йил 28 февраль · Марказий банк ҳужжатлари
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 28 февраля 2025 г. · Документы Центрального банка
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 28 February 2025 · Central Bank documents
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқарувининг
қарори
Ўзбекистон Республикасида валюта операцияларини амалга ошириш қоидаларининг 10-бандига ўзгартириш киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг « Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки тўғрисида »ги ва « Валютани тартибга солиш тўғрисида »ги қонунлари ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 22 январдаги ПҚ-20-сон «Электротехника саноатини ривожлантиришни янги босқичга олиб чиқишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқаруви қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Марказий банки бошқарувининг 2020 йил 29 августдаги 18/5-сон қарори (рўйхат рақами 3281, 2020 йил 31 август) (Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.08.2020 й., 10/20/3281/1242-сон) билан тасдиқланган Ўзбекистон Республикасида валюта операцияларини амалга ошириш қоидаларининг 10-банди қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
«10. Ўзбекистон Республикаси Марказий банки (бундан буён матнда Марказий банк деб юритилади) ва тижорат банклари бевосита ўзлари ўртасида, ўз мижозлари билан, шунингдек валюта биржаси орқали валютавий своп ва дериватив операцияларини Халқаро своплар ва деривативлар ассоциациясининг (International Swaps and Derivatives Association — ISDA) битимларни тузишнинг намунавий шартлари ва тавсиялари асосида амалга оширадилар.
Ташқи савдо операциялари билан боғлиқ хатарларни хеджирлаш мақсадида хорижий молия институтлари билан 180 кундан ортиқ бўлмаган муддатга тузиладиган своп ва деривативлар бўйича ўзаро ҳисоб-китоблар Ўзбекистон Республикаси банклари орқали чекловларсиз амалга оширилади.».
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Раис Т. ИШМЕТОВ
Тошкент ш.,
2025 йил 28 февраль,
6/1-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 10-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “ Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida ”gi va “ Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida ”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi PQ-20-son “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori (roʻyxat raqami 3281, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va tijorat banklari bevosita oʻzlari oʻrtasida, oʻz mijozlari bilan, shuningdek valyuta birjasi orqali valyutaviy svop va derivativ operatsiyalarini Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (International Swaps and Derivatives Association — ISDA) bitimlarni tuzishning namunaviy shartlari va tavsiyalari asosida amalga oshiradilar.
Tashqi savdo operatsiyalari bilan bogʻliq xatarlarni xedjirlash maqsadida xorijiy moliya institutlari bilan 180 kundan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladigan svop va derivativlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi banklari orqali cheklovlarsiz amalga oshiriladi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-fevral,
6/1-son