📅 2025-yil 17-iyun · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025-yil 17-iyun · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025 йил 17 июнь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Истиқболли лойиҳалар миллий агентлиги директори
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 17 июня 2025 г. · Документы министерств и ведомств · Директор национального агентства перспективных проектов
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 17 June 2025 · Ministry and agency documents · Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ИСТИҚБОЛЛИ ЛОЙИҲАЛАР МИЛЛИЙ АГЕНТЛИГИ ДИРЕКТОРИНИНГ
БУЙРУҒИ
Қимматли қоғозлар эмиссияси ва эмиссиявий қимматли қоғозлар чиқарилишларини давлат рўйхатидан ўтказиш қоидаларига ўзгартиришлар киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сон «Корпоратив муносабатларнинг ҳуқуқий асослари янада такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги Қонунига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси Давлат мулки қўмитаси ҳузуридаги Қимматли қоғозлар бозори фаолиятини мувофиқлаштириш ва назорат қилиш маркази бош директорининг 2009 йил 16 июлдаги 2009-40-сон буйруғи (рўйхат рақами 2000, 2009 йил 30 август) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2009 й., 36-сон, 394-модда) билан тасдиқланган Қимматли қоғозлар эмиссияси ва эмиссиявий қимматли қоғозлар чиқарилишларини давлат рўйхатидан ўтказиш қоидаларига иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур буйруқ Ўзбекистон Республикаси Марказий банки билан келишилган.
3. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Келишилди:
Ўзбекистон Республикаси Истиқболли лойиҳалар миллий агентлиги директорининг 2025 йил 17 июндаги 9-сон буйруғига ИЛОВА
Қимматли қоғозлар эмиссияси ва эмиссиявий қимматли қоғозлар чиқарилишларини давлат рўйхатидан ўтказиш қоидаларига киритилаётган ўзгартиришлар
1. 1-бандда :
олтинчи хатбоши қуйидаги таҳрирда баён этилсин:
« корпоратив облигациялар — акциядорлик жамиятлари ва масъулияти чекланган жамиятлар томонидан чиқариладиган облигациялар;»;
ўн тўртинчи хатбошидан «ва қўшимча масъулиятли» деган сўзлар чиқариб ташлансин.
2. 40-банднинг учинчи хатбошисидан «ва қўшимча масъулиятли» деган сўзлар чиқариб ташлансин.
3. 1а-илованинг «Изоҳлар» қисми 3-бандидан «ва қўшимча масъулиятли» деган сўзлар чиқариб ташлансин.
Директор Д. ЛИ
Марказий банк раиси Т. ИШМЕТОВ
Тошкент ш.,
2025 йил 17 июнь
2025 йил 12 июнь
9-сон
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 17-iyundagi 9-son buyrugʻiga ILOVA
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda :
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;”;
oʻn toʻrtinchi xatboshidan “va qoʻshimcha masʼuliyatli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 40-bandning uchinchi xatboshisidan “va qoʻshimcha masʼuliyatli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 1a-ilovaning “Izohlar” qismi 3-bandidan “va qoʻshimcha masʼuliyatli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Direktor D. LI
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-iyun
2025-yil 12-iyun
9-son