📅 2025-yil 27-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Milliy statistika qoʻmitasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025-yil 27-avgust · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Milliy statistika qoʻmitasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025 йил 27 август · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Миллий статистика қўмитаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 27 августа 2025 г. · Документы министерств и ведомств · Национального комитета по статистике Министерства занятости и сокращения бедности
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 27 August 2025 · Ministry and agency documents · Milliy statistika qoʻmitasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси Ўзбекистон Республикаси Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлигининг
қарори
Тадбиркорлик субъектлари ходимларининг ўртача йиллик сонини аниқлаш тартиби тўғрисидаги низомнинг 3-бандига ўзгартириш киритиш тўғрисида
Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сон «Корпоратив муносабатларнинг ҳуқуқий асослари янада такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги Қонуни , Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 21 апрелдаги ПҚ-147-сон «Давлат органлари ва ташкилотларининг коррупцияга қарши ички назорат бўлинмалари мустақиллигини таъминлаш ҳамда фаолияти самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси ва Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси ва Меҳнат вазирлигининг 2017 йил 17 январдаги 1-мб, 3-қ/қ-сон қарори (рўйхат рақами 2858, 2017 йил 17 февраль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 7-сон, 104-модда) билан тасдиқланган Тадбиркорлик субъектлари ходимларининг ўртача йиллик сонини аниқлаш тартиби тўғрисидаги низомнинг 3-бандидан «унитар корхоналар,» деган сўзлар чиқариб ташлансин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Миллий статистика қўмитаси раиси Б. ҲАМРАЕВ
Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири Б. ЗАХИДОВ
Тошкент ш.,
2025 йил 27 август,
Тошкент ш.,
2025 йил 25 август,
3-мб-сон
6497-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining
qarori
Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni , Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Mehnat vazirligining 2017-yil 17-yanvardagi 1-mb, 3-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 2858, 2017-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining oʻrtacha yillik sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidan “unitar korxonalar,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Milliy statistika qoʻmitasi raisi B. HAMRAYEV
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-avgust,
Toshkent sh.,
2025-yil 25-avgust,
3-mb-son
6497-son