📅 2025-yil 22-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025-yil 22-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025 йил 22 сентябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Олий таълим, фан ва инновациялар вазири
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 22 сентября 2025 г. · Документы министерств и ведомств · Министр высшего образования, науки и инноваций
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 22 September 2025 · Ministry and agency documents · Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазирининг
буйруғи
Олий ва ўрта махсус, профессионал таълим ташкилотларида ўқитишнинг тўлов-контракт шакли ва ундан тушган маблағларни тақсимлаш тартиби тўғрисидаги низомнинг 61-бандига ўзгартириш киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 8 июлдаги ПФ-99-сон «Яширин иқтисодиётга қарши курашиш фаолиятини самарали ташкил этишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги Фармони ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2025 йил 23 июлдаги 462-сон «Аёллар дафтари», «Ёшлар дафтари» ва «Саховат ва кўмак» жамғармалари маблағлари ҳисобидан ижтимоий ёрдам кўрсатиш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига мувофиқ буюраман:
1. Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирининг 2012 йил 28 декабрдаги 508-сон буйруғи (рўйхат рақами 2431, 2013 йил 26 февраль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 9-сон, 120-модда) билан тасдиқланган Олий ва ўрта махсус, профессионал таълим ташкилотларида ўқитишнинг тўлов-контракт шакли ва ундан тушган маблағларни тақсимлаш тартиби тўғрисидаги низомнинг 61-бандидаги «Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Давлат молиявий назорати инспекцияси» деган сўзлар «Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг Давлат молиявий назорати инспекцияси» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
2. Мазкур буйруқ расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Вазир К. ШАРИПОВ
Тошкент ш.,
2025 йил 22 сентябрь,
367-сон
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrugʻi
Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 61-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-son “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-son “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 61-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-sentabr,
367-son