📅 2025-yil 24-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi iqtisodiyot va moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025-yil 24-sentabr · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi iqtisodiyot va moliya vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2025 йил 24 сентябрь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги иқтисодиёт ва молия вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 24 сентября 2025 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства высшего образования, науки и инноваций Министерства экономики и финансов
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 24 September 2025 · Ministry and agency documents · Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi iqtisodiyot va moliya vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёт ва молия вазирлигининг
Қарори
Академик лицейларда имтиёзли овқатлантиришни ташкил қилиш ҳамда харажатларини қисман қоплаш учун ота-оналар тўловини тўлаш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг «Ўзбекистон Республикаси фуқароларини, чет эл фуқароларини ҳамда фуқаролиги бўлмаган шахсларни яшаш жойи ва турган жойи бўйича рўйхатдан ўтказиш тўғрисида»ги Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳамда Иқтисодиёт ва молия вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Молия вазирлигининг 2018 йил 27 февралдаги 3-2018 ва 33-сон қарори (рўйхат рақами 2993, 2018 йил 5 апрель) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 йил 9 апрель, 14-сон, 290-модда) билан тасдиқланган Академик лицейларда имтиёзли овқатлантиришни ташкил қилиш ҳамда харажатларини қисман қоплаш учун ота-оналар тўловини тўлаш тартиби тўғрисидаги низомнинг 2-банди биринчи хатбошиси ва 7-бандидаги «доимий яшаш жойи» деган сўзлар «яшаш жойи» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Олий таълим, фан ва инновациялар вазири К. ШАРИПОВ
Иқтисодиёт ва молия вазири Д. КУЧКАРОВ
Тошкент ш.,
2025 йил 24 сентябрь,
Тошкент ш.,
2025 йил 19 сентябрь,
49-ққ-сон
288-сон
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 27-fevraldagi 3-2018 va 33-son qarori (roʻyxat raqami 2993, 2018-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil 9-aprel, 14-son, 290-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi birinchi xatboshisi va 7-bandidagi “doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-sentabr,
Toshkent sh.,
2025-yil 19-sentabr,
49-qq-son
288-son