📅 2026-yil 14-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2026-yil 14-yanvar · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2026 йил 14 январь · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Иқтисодиёт ва молия вазирлиги Ички ишлар вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 14 января 2026 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства экономики и финансов Министерства внутренних дел
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 14 January 2026 · Ministry and agency documents · Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг
қарори
Божхона чегарасидан олиб ўтилаётган автотранспорт воситаларини божхона расмийлаштирувидан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартиришлар киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг «Ўзбекистон Республикаси фуқароларини, чет эл фуқароларини ҳамда фуқаролиги бўлмаган шахсларни яшаш жойи ва турган жойи бўйича рўйхатдан ўтказиш тўғрисида»ги Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳамда Ички ишлар вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон Республикаси Давлат божхона қўмитаси ва Ички ишлар вазирлигининг 2010 йил 28 октябрдаги 01-02/12-8 ва 20-сон қарори (рўйхат рақами 2156, 2010 йил 19 ноябрь) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2010 й., 47-сон, 439-модда) билан тасдиқланган Божхона чегарасидан олиб ўтилаётган автотранспорт воситаларини божхона расмийлаштирувидан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга иловага мувофиқ ўзгартиришлар киритилсин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлигининг 2026 йил 14 январдаги 320-сон ҳамда Ички ишлар вазирлигининг 2026 йил 12 январдаги 2-сон қарорига ИЛОВА
Божхона чегарасидан олиб ўтилаётган автотранспорт воситаларини божхона расмийлаштирувидан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомга киритилаётган ўзгартиришлар
1. 2-банднинг бешинчи ва ўн тўртинчи хатбошиларидан «доимий» деган сўз чиқариб ташлансин.
2. 2 1 -банднинг бешинчи хатбошисидан «доимий» деган сўз чиқариб ташлансин.
3. 5-илованинг матнидаги «доимий яшаш манзили» деган сўзлар «яшаш жойининг манзили» деган сўзлар билан алмаштирилсин.
Иқтисодиёт ва молия вазири Д. КУЧКАРОВ
Ички ишлар вазири А. ТАШПУЛАТОВ
Тошкент ш.,
2026 йил 14 январь,
Тошкент ш.,
2026 йил 12 январь,
320-сон
2-сон
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
qarori
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8 va 20-son qarori (roʻyxat raqami 2156, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 439-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 320-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 2-son qaroriga ILOVA
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning beshinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilaridan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. 2 1 -bandning beshinchi xatboshisidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
3. 5-ilovaning matnidagi “doimiy yashash manzili” degan soʻzlar “yashash joyining manzili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-yanvar,
Toshkent sh.,
2026-yil 12-yanvar,
320-son
2-son