📅 2026-yil 17-aprel · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Transport vazirligi sogʻliqni saqlash vazirligi ichki ishlar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2026-yil 17-aprel · Vazirlik va idoralar hujjatlari · Transport vazirligi sogʻliqni saqlash vazirligi ichki ishlar vazirligi
Rasmiy matn. Rasmiy hujjat. Tahririy izohlar kiritilmagan.
📅 2026 йил 17 апрель · Вазирлик ва идоралар ҳужжатлари · Транспорт вазирлиги соғлиқни сақлаш вазирлиги ички ишлар вазирлиги
Расмий матн. Расмий ҳужжат. Таҳририй изоҳлар киритилмаган.
📅 17 апреля 2026 г. · Документы министерств и ведомств · Министерства транспорта Министерства здравоохранения Министерства внутренних дел
Официальный текст. Официальный документ. Редакционные примечания не включены.
📅 17 April 2026 · Ministry and agency documents · Transport vazirligi sogʻliqni saqlash vazirligi ichki ishlar vazirligi
Official text. Official document. Editorial notes are not included.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ТРАНСПОРТ ВАЗИРЛИГИ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ВАЗИРЛИГИ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ИЧКИ ИШЛАР ВАЗИРЛИГИНИНГ
ҚАРОРИ
Йўналишга чиқиш олдидан автотранспорт воситаларини техник кўрикдан ўтказиш ҳамда йўловчилар, багаж ва юклар ташувларини амалга оширадиган ҳайдовчиларни тиббий кўрикдан ўтказишни ташкил қилиш тартиби тўғрисидаги низомнинг муқаддимасига ўзгартириш киритиш ҳақида
Ўзбекистон Республикасининг «Йўл ҳаракати тўғрисида»ги Қонуни , Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 30 ноябрдаги 806-сон «Йўл ҳаракати соҳасидаги қонунчилик такомиллаштирилиши муносабати билан Йўл ҳаракати қоидаларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида»ги қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва Ички ишлар вазирлиги қарор қилади:
1. Ўзбекистон автомобиль ва дарё транспорти агентлиги, Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Ички ишлар вазирлигининг 2014 йил 17 январдаги 22, 1, 1-сон қарори (рўйхат рақами 2560, 2014 йил 19 февраль) (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 8-сон, 84-модда) билан тасдиқланган Йўналишга чиқиш олдидан автотранспорт воситаларини техник кўрикдан ўтказиш ҳамда йўловчилар, багаж ва юклар ташувларини амалга оширадиган ҳайдовчиларни тиббий кўрикдан ўтказишни ташкил қилиш тартиби тўғрисидаги низомнинг муқаддимасидан «Ўзбекистон Республикасининг «Йўл ҳаракати хавфсизлиги тўғрисида»ги Қонуни ва» деган сўзлар чиқариб ташлансин.
2. Мазкур қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.
Транспорт вазири И. МАХКАМОВ
Соғлиқни сақлаш вазири А. ХУДАЯРОВ
Ички ишлар вазири А. ТАШПУЛАТОВ
Тошкент ш.,
2026 йил 17 апрель,
Тошкент ш.,
2026 йил 15 апрель,
Тошкент ш.,
2026 йил 4 март,
3-сон
9271-сон
17-сон
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
QARORI
Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuni , Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 806-son “Yoʻl harakati sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2014-yil 17-yanvardagi 22, 1, 1-son qarori (roʻyxat raqami 2560, 2014-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 8-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻnalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasidan “Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-aprel,
Toshkent sh.,
2026-yil 15-aprel,
Toshkent sh.,
2026-yil 4-mart,
3-son
9271-son
17-son