Claude endi bank hisobingizga bevosita ulana oladi

Anthropic kompaniyasi Claude uchun yangi Personal Finance funksiyasini taqdim etdi. U Plaid platformasi orqali Claude'ni bank va karta hisoblaringizga ulaydi. Masalan, chatbotdan «bu oy pulim qayerga ketdi?» deb soʻrasangiz, u xarajatlaringiz boʻyicha umumiy koʻrinish tayyorlab beradi.