OpenAI ilgʻor modellarni oʻqitish muhitining xavfsizligini kuchaytirdi

OpenAI ilgʻor sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish va baholash jarayonida ularni nazorat ostida saqlash choralarini qanday kuchaytirgani haqida maʼlumot berdi. Kompaniyaga koʻra, bu choralar qatorida internetga ulanmagan, yaʼni oflayn muhitlardan foydalanish bor. Shuningdek, katta hisoblash quvvati talab qiladigan maxsus sinovlar oʻtkazilib, tizimdagi zaif joylar ataylab izlangan.