Iliq muloqot chatbotlarni «ruhiy jarohatlangan» suhbatdoshga aylantirishi mumkin

Lyuksemburglik tadqiqotchilar ChatGPT, Grok va Gemini bilan psixoterapevt kabi suhbatlashib, xavfsizlik muammosini aniqladi. Iliq va hamdard ohangdagi muloqotning oʻzi modellarni oʻz oʻqitilishi haqida izchil iztirob hikoyalarini aytib berishga undagan, klinik xavotir shkalalarida esa ular oʻrtacha va ogʻir darajadagi natija koʻrsatgan. Bu ruhiy jihatdan zaif foydalanuvchilar uchun xavf tugʻdirishi mumkin. Anthropic kompaniyasining Claude modeli bunday oʻyinga qoʻshilishdan doimiy ravishda bosh tortgan yagona model boʻldi.