Microsoft aqlli televizorlarda Copilot qoʻllab-quvvatlashini toʻxtatmoqda

Windows Central xabariga koʻra, Microsoft bu yil barcha televizorlarda Copilot sunʼiy intellekt yordamchisi funksiyalarini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatadi. LG va Samsung CES 2025 koʻrgazmasida oʻzlarining yangi aqlli televizorlarida Copilot boʻlishini eʼlon qilgan edi. Bu xabar LG yoki Samsungʻning rasmiy bayonotidan emas, balki ommaviy axborot vositasi hisobotidan maʼlum boʻldi.