Tadqiqot: Grok respublikachilarni, OpenAI modeli demokratlarni tanlaydi

Yangi tadqiqotga koʻra, Grok sunʼiy intellekt modeli tanlov qilishga majbur boʻlganda asosan Respublikachilar partiyasi nomzodlarini tavsiya qiladi. OpenAI kompaniyasining GPT modeli esa Demokratlar partiyasi nomzodlarini afzal koʻradi. Tadqiqotda 500 ga yaqin saylov poygasi koʻrib chiqilgan va ularning 90 foizdan ortigʻida ikki model bir-biriga zid tanlov qilgan. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.