42AI 62,5 mln dollar bilan yashirin rejimdan chiqdi

42AI kompaniyasi 62,5 million dollar mablagʻ bilan yashirin rejimdan chiqdi. Kompaniya «inson xatti-harakatini bashorat qila oladigan» dunyo modelini taqdim etdi. Gap sunʼiy intellekt inson qaror qabul qilishidan oldin, hatto butunlay yangi vaziyatda ham, uning nima qilishini oldindan aytib bera olishi haqida bormoqda. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.