Google AI’ni oʻchirgan maktablarni qidiruvsiz qoldirishi mumkin

Google 2027-yildan maktablar uchun mahsulotlarida AI funksiyalarini sukut boʻyicha oʻchirib, nimani yoqishni maktablarning oʻziga qoldirmoqchi. Biroq qurilmalarida AI’ni butunlay bloklagan maktablar Google Search’dan ham mahrum boʻladi, chunki kompaniya fikricha, bu ikki tizim bir-biridan ajratib boʻlmas darajada bogʻlanib ketgan. Reja tanqidga uchradi: Nyu-York meri Zohran Mamdani va FTCning sobiq rahbari Lina Xan kabi siyosatchilar Google’ni nazoratsiz monopoliya sifatida harakat qilishda aybladi.