Chrome endi Gmail’dagi maʼlumotlar bilan shakllarni avtomatik toʻldiradi

Google Chrome brauzerining sunʼiy intellektga asoslangan avtomatik toʻldirish funksiyasi endi Gmail’dan maʼlumot olishi mumkin. Yangilanish foydalanuvchi ruxsati bilan pochta qutisidagi parvoz tasdiqlari, yetkazib berishni kuzatish maʼlumotlari va buyurtma tafsilotlarini shakllarga qoʻyib beradi. Funksiya Gemini va Personal Intelligence yordamida ishlaydi. Oʻtgan yili bu funksiya Google hisobi va Google Wallet’dan ism, pasport raqami, elektron pochta va manzillarni olishni oʻrgangan edi.